"Chelsi" "Barselona" forvardining tovon pulini to'laydi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2024, 18:52
Mark Giu transferi bo'yicha kelishuv allaqachon yaqin.

Angliyaning "Chelsi" klubi "Barselona" hujumchisi Mark Giuni sotib olmoqda, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, "ko'klar" 18 yoshli Giuning tovon puli – 6 million evroni to'lagan. Shuningdek, "Chelsi" hujumchi bilan uzoq muddatli shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib olgan.

"Barselona" ham Guiuga yangi shartnoma taklif qilgan, ammo u hali javob bermagan.

Mark Giu joriy mavsum "Barselona" safida 14 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano