“Cementchi” tarkibiga ikki nafar himoyachi qo'shildi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2018, 15:00
Quvasoyliklar safiga ikki nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi.

Bular o'tgan mavsum “Obod”da o'ynagan markaziy himoyachi Abdurasul Komilov va “Andijon” sharafini himoya qilgan Furqat Hasanboevdir.

Muxlislar yaxshi bilsa kerak, bunga qadar Komilov “Andijon”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etayotgandi. Hasanboev esa Muborakning “Mashal” jamoasida ma'lum muddat shug'ullanib qaytdi.

Ushbu futbolchilar “Cementchi” safida ham ko'rikdan o'tayotganini takidlash lozim.

O'tgan yili quvasoyliklar sharafini himoya qilgan Ilhom Jumanov, Oqil Mahmudov, Rahmatillo Meliboev va Anvar Rahimov kabi futbolchilar rasman jamoa bilan xayrlashgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia