C licenziya uchun o'quv kurslari davom etmoqda

Mirjalol Normatov
27 sen 2019, 13:38
Shu kunlarda AGMK futbol klubi qarorgohida Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan futbol murabbiylariga “S” toifali licenziyaga tayyorgarlik ko'ruvchi to'rt kunlik o'quv kurslari o'tkazilyapti.

Unda poytaxt viloyatining 18 nafar futbol mutaxassislari o'z malakalarini oshirishmoqda. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o'tayotgan mazkur kursga O'FA instruktori Yuriy Arslanov rahbarlik qilayotgan bo'lsa, Dauletboy Djalimov esa yordamchi etib tayinlangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia