Byuttner: "MYU mashg'ulotlaridan so'ng Moyes maydonda qolib, o'zi shug'ullanardi"

Aslanov Jasurbek
14 noya 2014, 11:18
Moskvaning "Dinamo" klubi himoyachisi Aleksandr Byuttner "Manchester Yunayted"da o'ynagan kezlari Devid Moyes mashg'ulotlari o'zgacha bo'lishi haqida gapirib berdi.

"Moyesni yomon murabbiy deb o'ylamayman. U futbolni rostakamiga yaxshi ko'radi. Bazida uyga ketayotib Moyes maydonda qolib o'zini o'zi shug'ullantirayotgan bo'lardi. Ammo nimadir o'xshamadi. Xar qanday murabbiyga vaqt kerak. Fergyusonga o'rinbosar bo'lish juda qiyin vazifa.

Ferdinand shahar parkidagi mashg'ulotni "Old Trafford"da o'tkazgan faoliyatinig eng yomoni deb atadi? Nima ham derdim... Biz taktik elementlar ustida ishladik. Menimcha bu eng yaxshi qaror bo'lmadi. Rioning kitobini o'qimadim, ammo uning so'zlarida haqiqat bor. Ferdinand buni o'zicha tushungan. To'g'risini aytsam, bu mashg'ulot menga qattiq ta’sir qilgani yo'q" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com