"Bunyodkor"ning "quruq seriyasi" 5ta o'yinga etdi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2016, 14:35
Oliy liganing 26-turida "Bunyodkor" klubi Navoiyda "Qizilqum" bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.

Shunday qilib, "qaldirg'ochlar" ketma-ket beshinchi o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazishmadi

So'nggi marta "Bunyodkor" 22-turda "Paxtakor"ga qarshi bahsda gol o'tkazib yuborgandi. Shundan keyin o'tkazilgan beshta o'yinda raqiblar Murodjon Zuhurov qo'riqlayotgan darvozaga to'p kirita olishmadi.

"Bunyodkor"ning oxirgi 5ta uchrashuvi:

"Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 3:0
"Buxoro" - "Bunyodkor" 0:0
"Bunyodkor" - "Nasaf" 1:0
"Olmaliq" - "Bunyodkor" 0:2
"Qizilqum" - "Bunyodkor" 0:0


"Bunyodkor" 27-turni o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia