“Bunyodkor”ning Dohadagi birinchi kun mashg'uloti. VIDEO!

Narzulla Saydullayev
3 may 2016, 07:16
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi kecha Dohadagi birinchi kun mashg'ulotini o'tkazdi.

Bir soatdan oshiqroq vaqt davom etgan mashg'ulot “Lahviya” klubining qarorgohidagi maydonlardan birida o'tkazildi. Unda jamoamiz bilan Dohaga olib kelingan deyarli barcha futbolchi ishtirok etdi. Faqatgina bugun o'zining 29 yoshini qarshi olgan Bahodir Nasimov maydon chetida yugurish bilan cheklandi. Tajribali hujumchi jarohatidan sekin-asta forig' bo'lib bormoqda.

Quyidagi havola orqali “Bunyodkor”ning 2 may kuni Dohada olib borgan mashg'uloti videosharhi bilan tanishishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com