"Bunyodkor" sobiq murabbiyi "Buxoro"da Bakaevga ko'maklashadi

Iskandarov Abdulaziz
11 fev 2024, 15:10
"Buxoro" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi qismini xorijda olib boradi.

O'quv-mashg'ulot yig'inlari Tojikistonning "Xo'jand" shahrida olib boriladi. Klub matbuot xizmati bugun jamoaning murabbiylar shtabi ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra, "Bunyodkor" sobiq murabbiyi Viktor Karpenko "Buxoro"da Ulug'bek Bakaevga ko'maklashadigan bo'ldi. Ma'lumot uchun, Viktor Karpenko 2022 yilning sentyabr oyida "Bunyodkor" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan edi. 

Jamoaning murabbiylar shtabi bilan tanishing.

Bosh murabbiy - Ulug'bek Bakaev

Katta murabbiy - Mixail Eremchuk (Belorussiya )

Murabbiy - Viktor Karpenko

Tahlilchi - Jamshid Umarov

Darvozabonlar murabbiyi - Igor Mixaylov

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia