

O'quv-mashg'ulot yig'inlari Tojikistonning "Xo'jand" shahrida olib boriladi. Klub matbuot xizmati bugun jamoaning murabbiylar shtabi ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra, "Bunyodkor" sobiq murabbiyi Viktor Karpenko "Buxoro"da Ulug'bek Bakaevga ko'maklashadigan bo'ldi. Ma'lumot uchun, Viktor Karpenko 2022 yilning sentyabr oyida "Bunyodkor" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan edi.
Jamoaning murabbiylar shtabi bilan tanishing.
Bosh murabbiy - Ulug'bek Bakaev
Katta murabbiy - Mixail Eremchuk (Belorussiya )
Murabbiy - Viktor Karpenko
Tahlilchi - Jamshid Umarov
Darvozabonlar murabbiyi - Igor Mixaylov



