“Bunyodkor” oq libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2017, 20:53
Ertaga, “Bunyodkor” BAAning “Al-Ayn” klubini qabul qiladi.

Bugun ushbu uchrashuv oldidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda jamoalarning ertangi bahsda qanday rangli liboslarda maydonga tushishi aniqlab olindi.

Unga ko'ra, “Bunyodkor” oq, “Al-Ayn” ko'k rangli liboslarda harakat qiladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvi 28 fevral kuni, soat 18:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com