"Bunyodkor” oq, "Al Nasr" yashil rangli formada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2015, 11:36
“Bunyodkor” - “Al Nasr” uchrashuvidan oldin har ikkala jamoa menejerlari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda jamoalarning ertangi bahsda qanday rangli liboslarda harakat qilishiga ham oydinlik kiritib olindi. Bu haqda "qaldirg'ochlar" rasmiy tvitteri xabar berdi.

Unga ko'ra, “Bunyodkor” futbolchilari oq, darvozabon siyohrang rangli libosda harakat qiladi. "Al Nasr" vakillari esa to'q yashil rangli formada o'ynashadi.

“Bunyodkor” - “Al Nasr” uchrashuvi 21 aprel kuni kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia