

Germaniyaning "Xoffenxaym" klubi bosh murabbiyi Sebastian Xeness o'z lavozimini tark etdi. Nemis klubining xabar berishicha, o'zaro kelishuv ikki tomonning roziligi bilan bekor qilingan. Xeness 2020 yildan beri "Xoffenxaym"da ishlab kelar edi.
Ushbu mavsum "Xoffenxaym" Germaniya Bundesligasida 46 ochko bilan 9-o'rinni egalladi.



