Bundesliga. "Bayer" kutilmaganda autsayderga mag'lub bo'ldi

14 mar 2021, 19:58
Germaniya Bundesligasining 25-tur bahslari davom etadi.

Bugun Leverkuzenda "Bayer" mehmoni bo'lgan "Arminiya" futbolchilari g'alaba bilan ortga qaytadigan bo'lishdi. Mazkur turga qadar 19 ochko bilan 17-o'rinni band qilib turgan mehmonlar g'alabadan keyin 14-o'ringa ko'tarilgan bo'lishsa, 6-o'rindagi "Bayer" o'zidan 1 pog'ona balanddagi "Borussiya Dortmund"dan o'zib ketish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.

TURNIR JADVALI

Bayer – Arminiya 1:2

14 mart, 17.30, "BayArena"

Gollar:

0:1 – 17 Doan, 0:2 – 57 Okugava, 1:2 – 85 Shik.

Bayer – Grill, Frimpong, Ta, Tapsoba, Vendell, Arangis, Demirbay (Alario, 46), Amiri, Grey (Beyli, 46), Shik, Diabi (Virtc, 65).

Arminiya – Ortega, Bryunner, Nilsson, Piper, Lukoki (Foglzammer, 76), Gebauer (van der Xorn, 88), Okugava (Kunce, 81), Pritl, Mayer, Doan (Kordova, 88), Klos (Shipplok, 81).

Ogohlantirishlar:

Piper (16), Frimpong (49), Vendell (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia