Bunaqasi tarixda ilk marotaba: Italiya ketma-ket ikkinchi JCHni ham o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2022, 08:07
Italiya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi marotaba jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.

Roberto Manchini jamoasi saralash bahsida Shimoliy Makedoniyaga yutqazib qo'ydi va Qatardagi jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurashni to'xtatdi. 

Italiyaliklar 2017 yilgi saralash bellashuvlarida ham pley-offda yutqazishgandi. O'shanda italyanlarni Shvetsiya mag'lubiyatga uchratgan (0:1). 

2014 yilgi jahon chempionatida esa Italiya terma jamoasi guruhdan chiqa olmagandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia