Bugun Yaypanda O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bo'ladi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2022
Bugun, 27 fevral kuni Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida mamlakat Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tadi.

Unda amaldagi chempion "Paxtakor" kubok sohibi "Nasaf"ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi. "Paxtakor" safida Sherzod A'zamov, "Nasaf" tarkibida Oybek Bozorov diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olishmaydi. Ushbu bahsda “Paxtakor” jamoasi sariq-ko'k rangli libosda maydonga tushadi. “Nasaf” esa qizil rangli formalarda harakat qiladi.

Kecha ikkala jamoa a'zolari "O'zbekiston" stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi.

"Nasaf" mashg'ulotidan FOTOGALEREYA  va VIDEOLAVHA

"Paxtakor" mashg'ulotidan FOTOGALEREYA va VIDEOLAVHA




Yaypandagi stadiondan super eksklyuziv FOTOGALEREYA    



Bundan tashqari bosh murabbiy va ikki nafardan futbolchilar ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumanlari tashkil etildi.

Superkubok-2022. Slavche Voyneski: "Men uchun eng muhim narsa birinchi bo'lish!"        

Superkubok-2022. Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga ham shou davom etadi"         



Kecha Superkubok maxsus avtobusda Yaypan va Qo'qon ko'chalari bo'ylab "sayr" qildi: VIDEONI KO'RISH

Championat.asia sayti jamoasi Yaypandan Superkubok uchrashuvini yoritishni davom ettiradi. Saytimizdan uzoqlashmang!




O'zimizning karikatura: O'zbekiston Superkubogi qaysi jamoaga nasib qiladi?        






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia