

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard bugun MYUning Karringtondagi qarorgohida klub xodimlari va jamoadoshlari bilan xayrlashadi. Oldinroq Runi "Everton"ga tekinga o'tishi mumkinligi e'lon qilingan edi.
Ueyn Runi 2004 yilda aynan "Everton"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan. Futbolchi "qizil iblislar" safida hozirgacha 393 ta uchrashuvda maydonga tushib, 183 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



