Bugun “Nasaf” qizil, AGMK oq libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2018, 12:48
Bugun “Nasaf” Superliganing 19-turida “AGMK” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi va soat 20:00da boshlanadi.

Bugun o'yin oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi. Miting “Markaziy” stadionda tashkil etildi. Unda uchrashuvni o'tkazish bo'yicha bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishi ham aniq bo'ldi.

Unga ko'ra, "Nasaf" bugun qizil liboslarda maydonga tushadi. “AGMK” jamoasi esa oq liboslarda harakat qilishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz