

Mazkur uchrashuvda g'alaba qozongan terma jamoa Qatardagi jahon chempionatining 32-ishtirokchisiga aylanadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.
Ushbu juftlik g'olibi final bosqichida “E” guruhidan joy oladi va Ispaniya, Germaniya hamda Yaponiyaga qarshi to'qnash keladi.
Kecha esa Avstraliya penaltilar seriyasiga ko'ra Peruni engib, JCH-2022 yo'llanmasiga ega chiqqandi.


