Bugun "Bunyodkor" Shotlandiya klubi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2017, 14:24
BAAda xorijiy yig'inni o'tkazayotgan "Bunyodkor" klubi bugun navbatdagi bahsni o'tkazadi.

Sergey Lushchan boshchiligidagi "qaldirg'ochlar"ga Shotlandiyaning "Aberdin" klubi raqiblik qiladi.

1903 yilda tashkil topgan ushbu klub bugunga qadar 4 marta Shotlandiya chempioni bo'lgan, 7 bor mamlakat kubogi, 6 marta Shotlandiya liga kubogi sohibiga aylangan. 1983 yilda UEFA Kubok egalari kubogini va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.

"Aberdin" yuqoridagi xalqaro musobaqalarda mashhur murabbiy Ser Aleks Fergyuson boshchiligida g'olib chiqqan.

"Bunyodkor" - "Aberdin" uchrashuvi bugun mahalliy vaqt bilan soat 16:00da (Toshkentda 17:00 bo'ladi) Dubaydagi "Jebel Ali" stadionida boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia