Brunu Fernandesh Sulsherning o'yin uslubiga to'g'ri kelmaydi

Alisher
15 avg 2019, 16:51
Shu yozgi transferlar oynasida "Sporting" futbolchisi Brunu Fernandesh haqida gap so'zlar ko'payib ketdi.

Futbolchi uchun asosiy davogarlar orasida "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari bor edi.

Xabarlarga qaraganda, o'yinchi Sulsherning o'yin uslubiga mos tushmaganligi uchun "qizil iblislar" uni sotib olish fikridan qaytishgan.

Yarim himoyachi yakunlangan mavsum 53ta o'yinda maydonga tushib, 32ta gol va 18ta assistga erishgan.

Fernandesh "Boavishta" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Sporting"dan oldin "Novara", "Udineze" va "Sampdoriya" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN