
Kataloniyaliklar olishni istayotgan darvozabonlar qatoriga “Bayer” posboni Bernd Leno ham qo'shildi, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli Germaniya yoshlari terma jamoasi a'zosi hattoki kataloniyaliklar olishni istayotgan darvozabonlar ro'yxatida menxengladbaxning "Borussiya" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Stegenni ham ortda qoldirayotgan ekan.
Eslatib o'tamiz, Leno ushbu mavsumda Germaniya chempionatida 8 ta o'yin o'tkazgan.