Breaking! Shomurodov "Torino" bilan kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2023, 12:35
"Roma" va O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov klubini o'zgartirishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Torino" hujumchi bilan shaxsiy shartnomaning barcha tafsilotlari bo'yicha kelishib olgan. Hozir Turin klubi "Roma" bilan transfer masalasida muzokaralar olib boryapti.

Shomurodovning poytaxt klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining o'zi "bo'rilar"ni tark etishga tayyor.

Avvalroq "Torino" vakillari Shomurodovning transferi borasida "Roma" direktori bilan uchrashgani ma'lum bo'lgandi.

Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchini 7 million evroga baholamoqda. Eldor joriy mavsum A Seriyada 6 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira