"Torino" vakillari Shomurodovning transferi borasida "Roma" direktori bilan uchrashdi

Оқил Абдубарноев
6 yanv 2023, 20:47
Turin klubi rimliklar hujumchisini ijaraga olmoqchi.

"Torino" klubi vakillari "Roma" direktori Tiagu Pintu bilan Eldor Shomurodovning transferi borasida uchrashdi. Qayd etilishicha, turinliklar Shomurodovni ijaraga olmoqchi, "bo'rilar" esa hujumchini sotib yubormoqchi.

Italiya nashrlarining xabar berishicha, Shomurodov "Kremoneze" taklifini rad etgan, u o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun "Torino" taklifini qabul qilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: informazione.it