

Uning nima sababdan ketgani bilish maqsadida Boydullaev bilan bog'langanimizda u shunday dedi:
"Bo'ldi, etar, ketaman! "Nasaf" muxlislaridan uzr so'rayman! Ammo boshqa bu jamoada qolishga toqatim qolmagan. Bu yerda moliyaviy taraflar yoki jamoaning muvaffaqiyatsiz o'yinlarining dahli yo'q", - deydi Erkin Boydullaev.
Jamoadan kyetishiga nima sabab bo'lgani hozircha noma'lum. "Nasaf"ning bir qator yetakchi futbolchilari jamoani tark etishlari mumkin.
"Nasaf"da o'zgarishlar payti kelganga o'xshaydi.
Tez orada futbolchi intervyu berishiga va nima sababdan kyetishga qaror qilganini tushuntirishini aytib o'tdi.
Erkin Boydullaevda kichik jarohat borligi sabab futbolchi "Andijon"ga qarshi O'zbekiston kubogi doirasidagi o'yinni o'tkazmasdan klub qarorgohini tark etgan.
"Menda jarohat mavjud. Shu boisdan ham "Andijon" bilan o'yinni kutib tura olmadim", - deydi Boydullaev.
Eslatib o'tamiz, Erkin Boydullaev "Nasaf"ga 2010 yilning dekabr oyida kelib qo'shilgandi.
Anatoliy Demyanenko murabbiy davrida kelgan Boydullaev "Nasaf"da 6 yil o'ynadi va OFK kubogi, O'zbekiston kubogi, O'zbekiston chempionatining kumush medali, bir necha bor bronza medallarini qo'lga kiritdi.



