Breaking! Messi PSJni tark etadi

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2023
Lionel Messi mavsum oxirida "Pari Sen-Jermen"dan ketadi.

Buni parijliklar ustozi Kristof Galte ma'lum qildi.

"Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchini boshqarish sharafiga muyassar bo'ldim. "Klermon"ga qarshi o'yin Messi uchun "Park de Prens"dagi oxirgisi bo'ladi. Uni yaxshi kutib olishlariga ishonchim komil", – dedi Galte.

35 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum Liga 1 da 31 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport