Braziliyaning Konfederatsiyalar kubogi uchun tarkibi aniq

Narzulla Saydullayev
15 may 2013, 11:17
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Skolari Konfederatsiyalar kubogi-2013da ishtirok etadigan 23 nafar futbolchi nomini e'lon qildi.
Ushbu ro'yxatdan Ronaldinyo, Kaka va Ramires kabi futbolchilar o'rin olishmadi.

Darvozabonlar: Julio Sezar, Diego Kavaleri, Jefferson
Himoyachilar: Tyago Silva, Rever, David Luis, Dante, Daniel Alves Jean, Marselo, Filipe Luis
Yarim himoyachilar: Fernando, Ernanes, Luis Gustavo, Paulinyu, Oskar, Jadson
Hujumchilar: Jadson, Lukas, Xalk, Bernard, Leandro Damiao, Fred, Neymar

Konfederatsiyalar kubogi 15-30 iyun kunlari Braziliyada bo'lib o'tadi. Unda Braziliya, Ispaniya, Yaponiya, Meksika, Italiya, Urugvay, Taiti va Nigeriya terma jamoalari ishtirok etishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif