Braziliyada prokuratura Neymar bilan bog'liq ish boshladi

Aziz Tukhtamuradov
1 yanv 2020, 08:18
Braziliya prokuraturasi PSJ futbolchisi Neymarning Riodagi villasida katta masshtabdagi bayram oqshomi tashkil etgani sabab futbolchiga nisbatan tekshiruv ishlarini boshladi.

Unga ko'ra, Neymar koronavirus avjiga chiqqan vaqtda ushbu tadbirni tashkil etgan. 

Rio-de-Janeyro prokuraturasi OAVdagi ma'lumotlar, shikoyatlar asosida ushbu ish bo'yicha tergovni boshlagan. 

Avvalroq, Neymar villasida 5 kunlik bayram uyushtirgani va unda 500ga yaqin inson qatnashgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Equipe