Braziliya termasining ikki futbolchisi uchun JCH yakunlandi

Mirjalol Normatov
3 dek 2022, 20:12
Braziliya termasi futbolchilari Aleks Telles hamda Gabriel Jezus uchun JCH-2022 yakunlandi.

Ikkala futbolchining tizzasi bilan muammolari bor. Manbaning yozishicha, Jezusning maydonga qaytishi uchun bir oy kerak bo'lsa, Telles jarrohlik stoliga yotishi kerak.

Braziliya termasining JCH-2022 1/8 finalidagi raqibi Janubiy Koreya bo'ldi. Bahs 5 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo Esporte