"Brayton" o'z tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirdi

Mirjalol Normatov
4 avg 2019
Himoyachi Adam Uebster "Bristol"dan "Brayton"ga o'tdi.

Tomonlar 4 yillik shartnomaga imzo chekishgan. Transfer esa 20 million funtni tashkil qilgan. Bu esa "Brayton" tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.

Oldinroq 24 yoshli himoyachi "Vulverxempton"ga o'tishi kutilgandi. Biroq "Brayton" unga asosiy tarkibni vada qilgani uchun futbolchi shu klubni tanladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal