

Goal.com xabariga ko'ra, "arilar" rahbariyati 25 million evro evaziga futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. O'yinchiga o'tgan qishda "Arsenal" qiziqish bildirgan edi.
Brandt "Borussiya" tarkibida 2019 yildan beri o'ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Brandt joriy mavsumda 35 o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.



