"Borussiya" Sanchoni sotishga tayyor

Alisher
3 mar 2021, 14:23
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchi Jeydon Sancho bilan yozgi transfer oynasida xayrlashishga tayyor.

20 yoshli angliyalik futbolchi Buyuk Britaniyaga qaytishi mumkin, u bundan oldin "Manchester Siti" yoshlari tarkibida to'p tepgan.

Sancho joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 16ta assist qayd etdi.

Transfermarkt Jeydon Sanchoni 100 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker