Boks. O'zbekiston chempionati. Bugun o'tkaziladigan janglar (ro'yxat)

Aziz Tukhtamuradov
12 dek 2018, 12:00
Samarqand olimpiya zaxiralari kollejida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.

Yilning so'nggi nufuzli musobaqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va deyarli barcha viloyatlaridan jami 275 nafar charm qo'lqop ustasi 8ta vazn toifasida ishtirok etyapti.

Hozirgina O'zbekiston chempionatining ikkinchi kungi bahslari boshlandi. Bugun -52, -75, -81, -91, +91 kg vazn toifalarida ilk davra bahslari bo'lib o'tadi. Qiziqarli janglarning biri -91 kg vazn toifasida o'tkaziladi va unda yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni buxorolik Profsor Rorimsha namanganlik Ahmad Mamajonovga qarshi ringga ko'tariladi. 

Terma jamoaga nomzod bokschilardan yana biri farg'onalik Abror Qodirov -52 kg vazndagi ilk jangini andijonlik Abrorbek Abdusalomovga qarshi o'tkazadi. Ushbu vaznda chempionlik uchun yana bir da'vogar Xudoynazar Fayzov (Toshkent viloyati) buxorolik Nozimjon Nasriddinov bilan to'qnash keladi. 

Bugungi janglar (to'liq ro'yxat):

....


Xabarning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > Bugun ringga chiquvchi bokschilar - Rorimsha, Fayzov va boshqalar (to'liq ro'yxat)

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com