Boateng: “Ushbu mavsumda “Bavariya” oldingi mavsumga qaraganda yaxshiroq o'ynamoqchi”

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013, 11:17
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng, uning jamoadoshlari ushbu mavsumda oldingisidan ko'ra yaxshiroq o'ynashga harakat qilishlarini ta'kidlab o'tdi, deb xabar beradi nemis OAV.

“O'tgan mavsumdan so'ng, o'yinlar qiyinroq kechmoqda, biroq biz yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz. Yangi bosh murabbiy bizga qattiq ishonadi, men buni “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda sezdim. Gvardiolaning taktikalar juda yaxshi va biz  belgilangan ko'rsatmaga asosan to'pni o'zimizda bo'y sundirib turamiz”, - deydi Boateng.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com