Bilasizmi? Saralashda o'ynaydigan 40 jamoadan 30tasi hali jahon chempionatiga chiqmagan

Xayrulla Xoliqov
5 sen 2019, 14:27
Bugundan JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund bahslariga start berildi.

Ma'lumki, ikkinchi bosqichda jami 40ta jamoa beshtadan 8 guruhga bo'lingan holda o'zaro kurash olib boradi. Guruh g'oliblari, shuningdek eng yaxshi to'rtta ikkinchi o'rin egasi (jami 12 jamoa) saralashning uchinchi raundiga yo'l oladi. 

Qizig'i shundaki, saralashda o'ynaydigan 40 jamoadan 30tasi hali jahon chempionatiga chiqmagan. Osiyodan shu paytgacha faqat 10ta jamoa turli yillarda mundial havosini totib ko'rgan. Eng ko'p qatnashgan Janubiy Koreya hisoblanadi. Koreyaliklar 10 marta jahon chempionatiga chiqqan. Bu borada Yaponiya ikkinchi o'rinda va yaponlar hisobida 6ta mundial bor. 

Jahon chempionatida o'ynagan jamoalar: 

"A" guruhi: Xitoy (1 marta - 2002)

"B" guruhi: Avstraliya (5 marta - 1974, 2006, 2010, 2014, 2018), Quvayt (1 marta - 1982)

"C" guruhi: Eron (5 marta - 1978, 1998, 2006, 2014, 2018), Iroq (1 marta - 1986) 

"D" guruhi: Saudiya Arabistoni (5 marta - 1994, 1998, 2002, 2006, 2018) 

"E" guruhi: ------

"F" guruhi: Yaponiya (6 marta - 1998, 2002, 2006, 2010, 2014, 2018) 

"G" guruhi: BAA (1 marta - 1990)

"H" guruhi: Janubiy Koreya (10 marta - 1954, 1986, 1990, 1994, 1998, 2002, 2006, 2010, 2014, 2018), KXDR (2 marta - 1966, 2010). 


Jahon chempionatiga chiqmagan jamoalar: 

"A" guruhi: Suriya, Filippin, Maldiv, Guam. 

"B" guruhi: Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Nepal. 

"C" guruhi: Bahrayn, Gonkong, Kambodja.  

"D" guruhi: O'zbekiston, Falastin, Yaman, Singapur.

"E" guruhi: Bangladesh, Ummon, Hindiston, Afg'oniston, Qatar. 

"F" guruhi: Qirg'iziston, Tojikiston, Myanma, Mo'g'uliston. 

"G" guruhi: Vetnam, Tailand, Malayziya, Indoneziya. 

"H" guruhi: Livan, Turkmaniston, Shri Lanka.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia