Bilasizmi? Bu mavsum faqat "Sho'rtan" futbolchilari qizil kartochka olmadi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2015, 11:50
2015 yilgi oliy liganing 27ta turi ortda qoldi.

Chempionat tugashiga 3 tur qolganida faqat bitta klub futbolchisi qizil kartochka olmagan. Bu G'uzorning "Sho'rtan" klubi. Jamoa a'zolari mavsum davomida bugunga qadar 52ta sariq kartochka olib umuman qizil kartochka olishmagan.

Qizil kartochka olish bo'yicha yetakchi "Olmaliq" klubi hisoblanadi - 6ta. Ushbu qizil kartochkalarning 3tasini Evgeniy Gogol olgan. Keyingi o'rinda 5ta qizil bilan "Dinamo" bormoqda.  

Qizig'i o'tgan mavsumda "Olmaliq" futbolchisi chempionat davomida umuman qizil kartochka olmagan yagona klub bo'lgandi.

Qizil kartochkalar soni:
"Olmaliq" - 6ta
"Dinamo" - 5ta
"Navbahor", "Bunyodkor", "Neftchi" - 4tadan
"Andijon", "Buxoro", "Nasaf", "Paxtakor" - 3tadan
"Mashal", "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" - 2tadan
"Qizilqum", "Metallurg", "So'g'diyona" - 1tadan
"Sho'rtan" - 0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia