Beyukaga Gadjiev Bokuning "Neftchi" klubi bosh murabbiyi

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2014, 12:09
"Neftchi" rahbariyati Nozim Suleymanovning iste'fo haqidagi arizasini qondirishga qaror qildi.
Uni o'rniga klub sobiq bosh murabbiyi Beyukaga Gadjiev tayinlandi, deb xabar bermoqda UEFA rasmiy sayti.

Gadjiev so'nggi vaqtlarda klub sport direktori bo'lib ishlab kelayotgandi, unga Baxtiyar Musaev va Samir Aliev yordam berishadi, darvozabonlar bilan serbiyalik Neboysha Manoylovich ishlaydi, ispaniyalik Ruben Seles Salvador esa jismoniy tayyorgarlikka javob beradi.

"Men klub prezidenti Sodiqom Sodiqov bilan gaplashib uni mavsum oldi rejalarim bilan tanishtirdim. Afsuski, rahbariyat mening takliflarimga rozi bo'lmadi va iste'foga chiqishga qaror qildim, - deydi Suleymanov.

Eslatib o'tamiz, ushbu klubda hamyurtimiz Bahodir Nasimov to'p tepmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia