Beyl "Tottenxem"ga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
23 mar 2020
"Real" forvardi Garet Beyl "Tottenxem"ga o'tishi mumkin.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchi faqatgina bir holatda sobiq jamoasiga qaytishi mumkin. Unga ko'ra, "Real" va "Manchester Yunayted" qiziqayotgan Xarri Keyn jamoani tark etishi kerak.

Oldinroq "Real" futbolchisidan yozdayoq voz kechishga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Uelslik futbolchi 2007-2013 yillar davomida "Tottenxem"da o'ynagan va 101 mln evro evaziga "Real"ga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo