Beyl so'nggi o'yinlarda asosiy tarkibda emas, ammo...

Aslanov Jasurbek
7 apr 2018, 10:54
"Real" hujumchisi Garet Beylning klubdagi kelajagi so'roq ostida.

Futbolchi so'nggi uchrashuvlarda asosiy tarkibdan joy ololmayapti, ammo u jamoada qolishga tayyor. Uelslik "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final o'yinida zaxirada qoldi. Bundan tashqari, u PSJ bilan ikki o'yinda ham zaxiradan maydonga tushgan edi.

Beyl faqat "Real" istasagina jamoani tark etmoqchi.

Xavbekning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.

Oldinroq, "Real" Beylni 120 mln. evroga sotmoqchi ekanligi xabar qilingan edi. Futbolchi uchun asosiy da'vogar - "Manchester Yunayted".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS