Beyl - "Real"ning avgustdagi eng yaxshi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
14 sen 2018, 12:15
"Real" hujumchisi Garet Beyl Madrid klubining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu haqida klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

G'olib ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazilgan so'rovnoma orqali aniqlandi. Sovrin 13 sentyabrdagi mashg'ulotda topshirildi.

Beyl joriy mavsum LaLiganing 3ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com