"Beshiktosh" "Arsenal" himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2023, 18:51
"Arsenal" markaziy himoyachisi Rob Xolding "Beshiktosh"ni kuchaytirishi mumkin.

"Kanonirlar" o'z o'yinchisiga yangi jamoa qidirishga ruxsat berdi, chunki ular Yurrien Timber bilan deyarli kelishib oldi. 

Xabar qilinishicha, Xolding muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Arsenal"ni tark etishga tayyor.

Angliyalik futbolchi o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 14 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan. Uning London klubi bilan shartnomasi 1 yildan keyin tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun