Bergkampning haykali 22 fevral kuni ochiladi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2014, 10:07
22 fevral kuni Arsenalning afsonaviy hujumchisi Dennis Bergkamp haykalining ochilish marosimi tashkil etiladi.
Tantanali marosim 22 fevral kuni Sanderlendga qarshi o'yindan oldin tashkil etiladi.

Gollandiyalik sobiq futbolchining haykali Emireyts stadioni oldiga joylashtiriladi. Bu yerda Terri Anri, Toni Adams va Gerbert Chepmen kabi futbolchilarning haykallari ham bor.

Bergkamp Arsenalga 1995 yil Interdan ko'chib o'tgandi.

U kanonirlar safidagi 11 yillik faoliyati davomida 423ta o'yinda qatnashib 120ta gol urgan va 7ta sovrinni qo'lga kiritgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru