Benzema "El Klasiko" to'purarlari orasida 8-o'ringa chiqib oldi

Iskandarov Abdulaziz
16 okt 2022, 22:08
Madridning "Real" klubi hujumchisi bugun "Barselona" darvozasiga "El Klasiko"lardagi 12-golini urdi.

Endilikda francuz Santiyana bilan birga to'purarlar orasida 8-o'rinni egallab turishibdi.  "Klasiko"lardagi eng yaxshi to'purar PSJ hujumchisi Lionel Messi bo'lib, u "Barselona" safida "Real" darvozasiga 26ta gol urgan. Quyida bu boradagi to'liq ro'yxatni keltiramiz. 

1. Lionel Messi – 26 

2-3. Krishtianu Ronaldu – 18

2-3. Alfredo Di Stefano – 18

4. Raul – 15

5-7. Ferenc Pushkash – 14

5-7. Fransisko Xento – 14

5-7. Sesar Rodriges – 14

8-9. Karim Benzema – 12

8-9. Santilyana – 12.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Sports.ru