“Benfika”ning bir nechta o'yinchilari “PSJ”ga qarshi o'yinda maydonga tusha olishmaydi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 14:48
“Benfika” klubining bir nechta futbolchilari Chempionlar ligasi 2-tur guruh bochqichi doirasida “PSJ”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda, o'z klublariga yordam berolmaydilar.

Jarohati bois “Benfika” safidan Ruben Amorim, Eduardo Salvio va Silviular maydonga tusha olishmaydi, deb xabar beradi "L`Equipe". Bundan tashqari Lazar Markovichning ushbu o'yinda ishtirok etishi ham so'roq ostida turibdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net