Belsa "Chelsi" bilan durang qayd etilganidan mamnun

Sherzod Nurmatov
14 mar 2021, 01:27
"Lids" ustozi Marselo Belsa APL 28-turida "Chelsi" bilan kuzatilgan nursiz durang (0:0) haqida gapirdi.

"Bu natijani juda qadrlaymiz. O'yin shunday rivojlandiki, agar kimdir g'olib bo'lganida, o'sha biz bo'lmas edik. "Chelsi" birinchi bo'limda katta ustunlikka ega bo'ldi.

Biz ikkinchi bo'limda biroz yaxshi o'ynadik. Agar biz o'z ritmimizda o'yin ko'rsatmaganimizda, jamoalar o'rtasidagi tafovut bundan ham kattaroq bo'lar edi", – deya Belsaning so'zlarini keltirmoqda BBC.

Ma'lumot uchun, "Lids" APL turnir jadvalida 36 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC