Belotti “Milan”ning asosiy transfer maqsadi

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2017
“Milan” o'z safida “Torino” hujumchisi Andrea Belottini qo'shib olish istagida.

23 yoshli Italiya terma jamoasihujumchisi “Milan”ning asosiy nishoni sifatida ko'rilmoqda. Futbolchining 70 million evro evaziga “San Siro”ga ko'chib o'tishi kutilmoqda.

Avvalroqo “Torino” Belotti uchun 100 million evro yoki 80 million va milanliklar a'zosi Gabriel Paletta hamda Mbaye Nyangni talab qilmoqda. “Milan” rahbariyati esa 40 million evro, Paletta hamda Nyangni “Torino”ga taklif qilmoqda.

Sky Sports Italia nashrining ma'lumotlariga ko'ra, “Milan” ushbu mablag'ni 60 millionga qadar ko'paytirsa, ushbu transfer amalga oshishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia