Bellingem "Real"ning mavsumdagi starti haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
24 sen 2023, 13:23
"Real" futbolchisi Jud Bellingem jamoasining ushbu mavsum startidagi o'yinlari haqida gapirdi.

"Ushbu mavsumda LaLigada 5, YCHLda esa bir o'yin o'tkazdik. Barcha 6 o'yinda g'olib bo'ldik, bundan mamnunmiz. Ayni damda "Real" yaxshi holatda, biroq mavsumning bu qismida hech nimaga erishmaymiz.

Oldinda uzoq mavsum kutib turibdi. Maqsadlarimiz ulkan, barcha sovrinlarga ega chiqishni istaymiz. Ammo raqobatchilar ham chakki emas. Ular bilan bemalol raqobat qila olamiz", - dedi Bellingem.

"Real" navbatdagi uchrashuvini bugun "Atletiko" maydonida o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com