

Kataloniya klubi yanvardagi transferlar oynasida o'ng qanot himoyachisi sotib olmoqchi. Biroq ular Beleringa o'ziga boshqa klub topish haqida ma'lum qilishmagan.
"Arsenal" sobiq futbolchisi uchun "Roma" va "Betis" da'vogarlik qilmoqda. "Barselona" tarbiyalanuvchisi klub bilan iyun oyida bitim muddati tugagunga qadar jamoada qolmoqchi. 27 yoshli futbolchi raqobatdan qo'rqmaydi va maydonda etarlicha vaqtga ega bo'lish uchun kurashmoqchi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi yozda o'zi tarbiya topgan klubga erkin agent sifatida qaytgan edi.



