Bektemir Abdumannonov: "Jamoadagilarning bildirgan ishonchi menga qo'shimcha kuch bermoqda"

Eldor Akmurzayev
18 okt 2022, 07:50
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Metallurg" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar futbolchisi Bektemir Abdumannonov fikrlariga quloq tutdik.

Ma'lumot uchun, Abdumannonov uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi.

"Jamoamiz bilan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik.  Bugungi o'yinni yutish orqali jamoamizga xursandchilik kayfiyatini olib kelardi. Bu g'alaba bilan bekobodlik muxlislarimizni tabriklayman. Murabbiyning bergan ko'rsatmalariga to'g'ri amal qilib o'ynadik. Jamoadagilarning bildirgan ishonchi menga qo'shimcha kuch bermoqda. To'g'risi, bu g'alabadan juda ham xursand bo'ldim.

Avvalgi turda bizga ozgina omad yetishmadi. Hammasi Allohga ayon. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qildik, lekin mag'lubiyatga uchragandik. Bugun esa qiyin o'yinda muvaffaqiyat qozondik. Jamoamiz har bir o'yinda muvaffaqiyat uchun astoydil intilmoqda", - deya so'zini yakunladi Abdumannonov.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia