Beyl "Malaga"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
Tolibjon Qosimov
16 okt 2013, 15:38
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Malaga"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca.
Klub shifokorlarining xabariga ko'ra uelslik futbolchining holati yaxshi. Biroq Beyl 19 oktyabr kungi o'yinni asosiy tarkibda boshlashi shubha ostida. "Real" ustozi Karlo Anchelotti unga ikkinchi bo'limda imkoniyat berishi mumkin.