"Bayer" futbolchisi "Volfsburg"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2018, 21:15
"Bayer" hujumchisi Admir Mexmedi faoliyatini "Volfsburg"da davom ettiradi.

"Bo'rilar" matbuot-xizmatining ma'lum qilishicha, 26 yoshli futbolchi bilan 4,5 yillik shartnoma imzolangan.

Shveytsariyalik futbolchi yangi jamoasida 22-raqam ostida to'p tepadi. Joriy mavsum Mexmedi Leverkuzen klubi safida Bundesliganing 12ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia