"Bavariya"dagilar Lamdan so'ng Noyerni sardor etib tayinlashmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2017, 16:19
"Bavariya" rahbariyati va murabbiylar shtabi himoyachi Filipp Lam butsasini mixga ilganida kimni sardor sifatida tanlashni kelishib olishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandidagilar sardorlik bog'ichini posbon Manuel Noyerga berishmoqch. Noyer joriy mavsumda Lamning birinchi o'rinbosari hisoblanadi.

Oldinroq Ottmar Xitcfeld ushbu bog'iyani hujumchisi Tomas Myullerga berish kerakligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild